Azmunga APL klubi kutilmagan taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
“Zenit” hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"Daily Express" nashri xabariga ko'ra, "Byornli" 27 yoshli eronlik futbolchi uchun 10 million funt sterling taklif qilgan.
Qayd etilishicha, Azmunning shartnomasi yozda tugaydi va u yanvar oyidagi transfer oynasi yopilguniga qadar arzonlashtirilgan narxda sotib yuborilishi mumkin.
Oldinroq Azmunga "Yuventus" va "Lion"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Azmun RPLda 15 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!