Diego Kosta yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, hujumchi Diego Kosta faoliyatini "Korintians"da davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, erkin agent hisoblangan 33 yoshli ispaniyalik futbolchi Braziliya klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan, tomonlar faqat bitimning yakuniy tafsilotlarini hal qilishlari kerak.
Kostaning oldingi klubi "Atletiko Mineyro" bo'lgan, jamoa tarkibida hujumchi 2021 yilgi mavsum yakunida Braziliya chempioniga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!