So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xoland “Borussiya D” rahbariyati bilan janjallashib qoldi, da'vogar klublar esa harakatda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372
Norvegiyalik Erling Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2,5 yildan so'ng yakuniga etadi. Yaqin kelajakda Dortmund klubi rahbariyati futbolchi bilan uning kelajagini borasida muhokama olib borishni rejalashtirmoqda. “Asalarilar”unga klub tarixidagi rekord darajadagi maosh (mavsumiga 20+ million evro) taklif qilmoqchi, shuningdek, kelajakda uni kattaroq summaga sotish uchun shartnomasidagi tovon puli miqdorini oshirishni rejalashtirmoqda. Ayni damda norvegiyalikning transfer narxi 150 million evroni tashkil etgan bo'lsa, to'lov narxi 75 million evro etib belgilangan. Erling “sariq qoralar” safida 78ta o'yinda hujumchi 79ta gol urgan. Hozida Evropaning bir qancha top-klublari Xolandni o'z safiga qo'shib olish uchun yozni kutib turibdi. Klub rahbariyati hujumchini qishda jamoada olib qolishga harakat qilishini aytdi, ammo yozda buni amalga oshirish oson bo'lmasligini tan oldi. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri Xolandga asosiy da'vogar klublar haqida biroz ma'lumot berishga qaror qildi.
“Barselona”
“Ko'k-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta norvegiyalik futbolchining transferini amalga oshira olmaslikda havotirda. Ammo, kataloniyaliklar uchun ajoyib imkoniyat bor, aniqrog'iLaporta futbolchining agenti Mino Rayola bilan yaxshi munosabatdaligi futbolchini ispan klubiga o'tish ehtimolini oshiradi. Dekabr oyida agent “Barsa” prezidentiga Xolandni “Barselona”ga o'tishga ko'ndirishga va'da bergani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Kataloniya klubining asosiy muammosi - pul. La Liga prezidenti Xaver Tebasning so'zlariga ko'ra, “Barsa” bunday katta transferni amalga oshirish haqida o'ylashdan oldin 500 million evrolik qarzini to'lashi kerak. Kataloniyaliklar bu muammoni bir qancha sotuvlarni amalga oshirish orqali hal qilishga urinmoqda. So'nggi paytlarda, OAVda Frenki de Yongning jamoadan ketisha haqida ko'p xabarlar tarqalmoqda. Klub shu kabi futbolchilarni sotib,qarzini bir qismini to'lashni mo'ljallamoqda. Shuningdek, dekabr oyida “ko'k-anorranglilar” safiga o'tishi deyarli aniq bo'lgan Morata transferi ham, aynan Xoland sabab amalga oshmagan edi.
“Real”
Madrid klubi Mbappe va Xoland kabi futbolchilar uchun katta pul sarflashga tayyor. Ammo, “qaymoqranglilar” ushbu futbolchilarni aniqrog'i, Xolandni sotib uchun da'vogar klublar ko'pligi, norvegiyalikning bozor narxi kim oshdi savdosi aylanib ketishi mumkinligidan xavotir olmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, Erlingning o'z ham La Ligada o'ynashni istamoqda. Chempionatda bunday futbolchini faqat ikkita klub sotib olishi mumkin –“Barselona” va “Real”. Agar, futbolchi va uning agenti ispan klublari bilan kelisha olmagan taqdirdagina, Xoland Premer-liga yoki boshqa chempionat klublari bilan muzokara olib boradi. Madrid klubining moliyaviy ahvoli yaxshi va “Barsa” kabi ko'plab futbolchilardan voz kechishiga to'g'ri kelmaydi. Sebalos, Valexo, Marselo, Isko va Beyl kabilarning ketishi Erling bilan bog'liq mish-mishlar chiqishidan olin rejalashtirilgan edi. Asosiy muammo - norvegiyalik futbolchining Karim Benzema bilan qanday til topishishi. Frantsiyalik hujumchi allaqachon 34 yoshda, lekin u ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Xoland ham, Benzema ham bir-birining soyasida qolishga loyiq emas, chamamizda.
“Manchester Siti”
Serxio Agueroning ketishi va Gabriel Jezusning jamoaning asosiy hujumchisi sifatida o'ynashda qiyinchilikka duch kelayotgani, “Siti” rahbariyatida klubga goleador futbolchi kerak degan fikr uyg'otdi. Ha, Gvardiola hujumchisiz o'ynash mumkinligini amalda isbotladi, ammo top darajadagi markaziy hujumchi bilan “shaharliklar” yanada kuchliroq bo'ladi, degan fikr ham bor. Yozda “Man Siti”Xarri Keynni sotib olishni juda istagandi, ammo yuu transfer amalga oshmadi. HozirdaManchester klubi norvegiyalik iqtidorga ko'proq e'tibor qaratishmoqda. Ammo, Xolandning o'zi Gvardiola bilan bir jamoada ishlashni xohlamayotgani haqida mish-mishlar bor, chunki Pep murabbiylik faoliyati davomida hujumchilar bilan tez-tez janjallashib turadigan odati bor. Ispani mutaxassisi Et’O, Ibragimovich, Manjukich va Levandovski top hujumchilar bilan aynan shunday muammoga duch kelgan. Agar, “Siti” Xolandni sotib ololmasa, klub unga muqobil variantlarni ham ko'rib chiqmoqda: Dushan Vlaxovich (“Fiorentina”) va Aleksandr Isak (“Real Sosedad”).
PSJ
Frantsuz gegemoni Mbappe shartnomani uzaytirishdan bosh tortsagina Xolandni sotib olishga harakat qiladi. Ayni paytda,PSJ tarkibining hujum chizig'i yulduzlar bilan to'lib-toshgan, ushbu jamoadahozircha Xolanning ehtiyoj yo'q, chunki Neymar, Messi va Mbappe kabi yulduzlar oldiga yana bir iqtidorni kelishidan ma'no yo'q. Erlingni jalb qilishi mumkin bo'lgan narsa – moliyaviy komponent va klubning Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga bo'lgan katta xohishi. Shuningdek, norvegiyalik futbolchining o'zi ham o'zini Messi va Neymar kabi yulduzlar bilan bir jamoada o'ynab ko'rishga bo'lmasa kerak.
“Bavariya”
Myunxen klubi Levandovski bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Polshalik futbolchi“Bavariya” uchun ko'plab kuboklarni olishga yordam berdi, ammo bu Robertga hech narsani kafolatlamaydi. “Bavariya” uzoq yillar davomida strategik ishlarni amalga oshiradi va jamoaga tez orada yosh hujumchi olib kelishini yashirgani yo'q. Nemis OAVlari xabariga ko'ra, ushbu xarid katta ehtimol bilan Xoland bo'lishi mumkin. Muammo shundaki, agar, “nemis mashinasi” norvegiyalikni sotib olsa, Levandovski jamoadan ketishga majbur bo'ladi. Chunki, har ikki futbolchi ham markaziy hujum chizig'i hisoblanadi. Kuzatamiz!
Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.