«An-Nassr» kutilmagan transferni amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
«An-Nassr» «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangni sotib olmoqchi. Bu haqda Evropa matbuoti xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni jamoasi Obameyangni 7 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish niyatida. Biroq «Arsenal» hozircha bunday taklifga javob bermadi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil oxirida «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Obameyangni sardorlik bog'ichidan mahrum qilgan va gabonlikni «kanonirlar» safidan chiqarib yuborgandi. Obameyang intizomni buzgani uchun jazolandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!