Anri Frantsiya klubida ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
Frantsiyaning "Bordo" klubi Terri Anrini bosh murabbiylik lavozimiga tayinlashi mumkin.
"RMC Sport" nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis jamoaning amaldagi murabbiy Vladimir Petkovich ishdan bo'shatilgan taqdirda klubni boshqarishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Petkovich 2021 yilning iyulidan beri “Bordo”ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida jamoa barcha turnirlarda 23 ta o'yin o'tkazib, shundan 4 tasida g'alaba qozongan, 11 tasida mag'lubiyatga uchragan va 8 tasida durang qayd etilgan.
Ayni vaqtda “Bordo” 17 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!