Sobiq braziliyalik futbolchi 9 yilga qamaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Robino Italiyada 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Robino Italiyada guruh bo'lib zo'rlash aybi bilan to'qqiz yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 37 yoshli futbolchi 2017 yilda sudlangan edi, biroq uning advokatlari bu borada apellyatsiya bergan.
Yakunda uning hukmi o'zgarishsiz qoldirildi. «Real Madrid», «Manchester Siti» va «Milan» klublarining sobiq futbolchisi 2013 yilda alban qizini guruh bo'lib zo'rlaganlikda ayblangan edi.
Ma'lumot uchun, Robinoning so'nggi klubi «Santos» bo'lib, u 2020 yilda jamoani tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!