So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Navbahor» Turkiyada ikkinchi o'rtoqlik bahsini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan “Navbahor” bugun mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat-sinov bahsini o'tkazdi. Bu safar jamoamizga Polshaning “Rakuv” klubi raqib bo'ldi. Mazkur jamoa o'tgan mavsumda Polsha chempionatida vitse-chempion bo'lgan, shuningdek, Polsha kubogini qo'lga kiritgan.
Ayni paytda esa “Rakuv” Polsha milliy chempionatida 3-o'rinda bormoqda. Qisqasi, “lochinlar”ga bugun Polshaning kuchli klublaridan biri raqib bo'ldi.
Ushbu o'yinda «Navbahor» tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushishdi: Rahimjon Davronov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Boyan Tsiger, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboev, Nurillo To'xtasinov, Jamshid Iskanderov, Elguja Grigalashvili, Andrey Sidorov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islomjon Abdullaxonov, Xurshidbek Muxtorov, Sherzod G'ulomjonov, Mirzohid Mirzamahmudov, Abbosjon G'ulomov, Islom Kenjaboev, Shohruh Mahmudhojiev, Ibrohim G'anixonov, Sardor Telyakov.
Mazkur bahsda polshaliklar yirik – 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Aytish lozimki, jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketishgandi.
“Navbahor” ustozi Samvel Babayan ushbu o'yinning 2-bo'limida yosh futbolchilarni ham maydonga tushirib, ularni sinovdan o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, “lochinlar” Turkiyadagi ilk nazorat bahsini Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” jamoasiga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobida durang o'ynashgandi.
«Navbahor» Turkiyadagi yig'inni ertaga yakunlab, yurtimizga qaytib keladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.