«Bunyodkor» – «Paxtakor». Liboslar rangi tanlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1176
Ushbu hafta so'nggida Coca Cola Superligada 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Tur doirasidagi eng qiziqarli tarzda o'tishi taxmin qilinayotgan uchrashuvlardan birida «Poytaxt derbisi» kuzatiladi. Unda «Bunyodkor» «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda «qaldirg'ochlar» ko'k-ko'k-ko'k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. «Sherlar» esa oq futbolka, oq shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta'kidlash joiz, «Bunyodkor» — «Paxtakor» o'yini 31 mart, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!