"Koronavirus bahona bo'la olmaydi" — Raneri
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
"Uotford" bosh murabbiyi Klaudio Raneri APLdagi koronavirus bilan bog'liq ahvol haqida gapirdi. U o'z intervyusida shunday deydi:
"Mamlakatda ahvol murakkab. Bu futbolga ham ta'sir etmay qolmadi. Koronavirus bizning mag'lubiyatimizga bahona bo'la olmaydi, albatta. Biroq butun boshli uchrashuv uchun atigi bir marta mashg'ulot o'tkazib chiqish oson emas. Umid qilamanki, bu hafta salbiy voqealar sodir bo'lmaydi va bizda har kuni shug'ullanishga imkon bo'ladi. Chunki jamoamizga bir-birini tushunish va yordam berish juda muhim. Bu uchun esa ko'proq birga ishlash lozim".
Hozirda "Uotford" APL turnir jadvalining 17 o'rinidan joy olgan. Jamoani 2 ochko xavfli hududdan ajratib turibdi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!