Qashqadaryoda sportchi xotin-qizlar taqdirlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 732
42Navro'z bayrami munosabati bilan O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi Chiroqchi tumanida “Jismoniy va ruhiy barkamollik sari!” shiori ostida sog'lomlashtirish aktsiyasi o'tkazilgan. Bu haqda viloyat hokimligining telegram kanali orqali ma'lum qilindi.
Tadbir ayollar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va zararli odatlardan asrash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirishga qaratilgan.
Sog'lomlashtirish aktsiyasi doirasida bepul tibbiy ko'rik tashkil qilingan. Ishtirokchi xotin-qizlar 7 yoshdan 45 yoshgacha hamda undan yuqori yosh toifalariga bo'linib, marafon yugurish, kurash, voleybol, stol tennisi, arqon tortish kabi musobaqalarda bellashishgan. Shuningdek shaxmat-shashka o'yinlari ham tashkil qilindi.
Tadbir so'ngida sog'lomlashtirish aktsiyasida yuqori o'rinni egallagan va faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga tashkilotchilarning esdalik sovg'alari taqdim etildi.