Mourino: «Yuq deyishim kerak edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 802
«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o'z rejalari haqida gapirib berdi.
«Yozda, iyun oyida ishga qaytishni rejalashtiryapman. Yangi klubda mavsumoldi tayyorgarligini boshlashim lozim.
Uch-to'rtta klubning taklifini qabul qilmadim. Chunki nimani xohlayotganimni aniq bilaman. Yo'q deyishim kerak edi.
Hech narsa haqida afsuslanmayman. 2,5 oydan beri ishsizman, lekin baribir ishlayapman. O'zimni keyingi ishga tayyorlamoqdaman. Men ta'tilda emasman», – deb Mourino so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Avvalroq, Mourinoning «Real»ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Madrid klubi Zinedin Zidan nomzodini ma'qul ko'rdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!