Qozog'istonlik futbolchi: «Rossiya termasiga syurpriz taqdim etmoqchimiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1773
Qozog'iston terma jamoasi sardori Islombek Quat Evro-2020 saralash bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Rossiya nashrlari Rossiya terma jamoasi Qozog'istonni osonlik bilan mag'lub etishi kerakligi haqida yozmoqda? Nima xohlasa, shuni yozaverishsin. Bu ularning ishi. Biz ertaga maydonga chiqamiz va o'ynaymiz. Raqibga syurpriz taqdim etmoqchimiz.
Shotlandiyaga qarshi o'yindan keyin hech qanday eyforiyaga berilmadik va darhol Rossiyaga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Rossiya — yaxshi jamoa. Bu jamoa qanday saviyaga ega ekanini isbotlagan.
Ha, ularning Belgiyaga qarshi o'yinini tomosha qildik. Shotlandiyadagi qarshi uchrashuvdan keyin uyqumiz kelmadi. Taassurotlarim? Ikki yaxshi jamoa o'rtasida o'yin bo'ldi. Rossiya terma jamoasi safida yaxshi yigitlar yig'ilgan", — dedi Islombek Quat.