Elnur Abduraimov professional boksda navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548
Hamyurtimiz Elnur Abduraimov bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Mezbon bokschi Dmitriy Xasievga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz 6 raundga mo'ljallangan jangda harakat qildi. Mezbon muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga qaramasdan o'zining faol harakati ajralib turgan Elnur yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi.
Ta'kidlash joiz, bu Abduraimovning professional boksdagi to'rtinchi jangi edi va bu gal ham ringda qo'li baland keldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!