Messi Frantsiya kubogi o'yinida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
PSJ hujumchisi Lionel Messi "Feni-Olnua"ga qarshi kechadigan Frantsiya kubogi 1/32 final o'yinini o'tkazib yuboradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchiga dam berishga qaror qilgan.
Shu tariqa, Messi 6 noyabrdan buyon ilk bor Parij klubining o'yinini o'tkazib yuboradi.
34 yoshli argentinalik forvard joriy mavsumda 15 o'yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!