Napoli" APLdan himoyachi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
Italiyaning “Napoli” klubi yanvar oyida “Everton” markaziy himoyachisi Yerri Minaning transferini amalga oshirishga tayyor. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
Mersisayd klubi himoyachini sotishga qarshi emas, chunki ularga yangi transferlar uchun mablag' kerak. Rafael Benites ham kolumbiyalik futbolchini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.
Neapolliklar markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish niyatida, chunki Konstantinos Manolas klubni tark etib, "Olimpiakos"ga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Minani 2018 yilda “Everton” “Barselona”dan 30,25 million evro evaziga sotib olgan edi. Hozirda uning narxi, "Transfermarkt" portaliga ko'ra, 20 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!