"Chelsi" etakchisining navbatdagi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Vulverxempton"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma'lum qildi.
"Jorjinoning ishtiroki menda shubha uyg'otyapti. U "Vulverxempton"ga qarshi o'ynashi dargumon, u so'nggi o'yindagi olgan jarohatidan hali tuzalmagan. Balki Kante va Kovachich bahsni asosiy tarkibda boshlashar.
Shuningdek, Loftus-Chik ham "Everton" bilan o'yinda jarohat olgandi", - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton" - "Chelsi" uchrashuvi 19 dekabr, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!