Reshford “Manchester Yunayted”dan ketishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
Angliyalik hujumchi Markus Reshford “Manchester Yunayted”ni tark etishga yaqin turibdi. “Marca” nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga tayyor.
Reshford Kataloniyaning “Barselona” klubiga o'tishga tayyor. “Ko'k-anorranglilar” avvalroq Markusga qiziqish bildirishgan edi.
Manbaga ko'ra, kelishuv joriy mavsum oxirida amalga oshishi mumkin.
Reshford “qizil iblislar” akademiyasi bitiruvchisi. U 2016 yildan beri asosiy jamoada o'ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi APLda 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!