Rayola Pogba uchun yangi jamoa topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Futbol agenti Mino Rayola “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi tugash arafasida turgan frantsiyalik yarimhimoyachi Pol Pogba uchun yangi klub qidirmoqda.
“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko'ra, agent o'z mijozini PSJga o'tishini istamoqda. Pol joriy mavsum oxirida erkin agent sifatida Parijning top-klubiga o'tishi mumkin.
Avvalroq, frantsiyalik yarim himoyachining Turinning “Yuventus”, “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublariga o'tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!