Kessi uchun yana bir APL klubi kurashga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
“Manchester Yunayted” “Milan” yarimhimoyachisi Frank Kessining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar berdi. Mankunianliklar iqtidorli yarimhimoyachi uchun kurashda raqobatchilardan oldinda bormoqda.
Shuningdek, Kessiga “Tottenxem” va PSJ ham da'vogarlik qilmoqda. Biroq aynan MYuning taklifi futbolchini o'ziga tortmoqda.
Kessi mankunianliklar safiga tekinga o'tadi, chunki uning “rossonerilar” bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!