“Man Siti” Germaniya chempionati to'purarini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Germaniya Bundesligasining “Bayer” klubida to'p surayotgan chexiyalik hujumchi Patrik Shik faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar bermoqda.
Ispaniya OAVlari 25 yoshli hujumchiga “Manchester Siti” qiziqish bildirgani haqida xabar tarqatmoqda. “Shaharliklar” Patrik orqali hujumdagi muammolaridan qutilmoqchi.
Joriy Germaniya chempionatida Shik 13ta o'yin o'tkazib, 16ta gol urgan. U to'purarlar ro'yxatida faqat Robert Levandovskidan (19 ta gol) ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!