Diego Kostaga La Liganing ikki kulbidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Ispaniyalik markaziy markaziy Diego Kosta Braziliyaning “Atletiko Mineyro” klubini tark etib, vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda “Goal.com” portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli hujumchiga La Liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda. “Elche” va “Kadis” tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Autsayderlar qishki transferlar vaqtida futbolchiga taklif qilishga tayyor.
Diego “Atletiko Mineyro” bilan Braziliya chempioniga aylandi. Yakunlangan mavsumda ispaniyalik 15 uchrashuvda 4 ta gol urdi. Uning Braziliya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!