"Vest Xem" 10 million funtga himoyachi xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
"Vest Xem" klubi tezlik bilan yangi himoyachi sotib olishi lozim. yanvardagi transferlar oynasida Devid Moyes jamoasiga sifatli himoya vakili kerak bo'ladi.
Jamoaning so'nggi, "Arsenal"ga qarshi bahsi ham shuni ko'rsatib berdi. So'nggi xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" ikkita futbolchi variantini muhokama qilmoqda.
Ulardan biri "Byornli" vakili Jeyms Tarkovski bo'lsa, yana biri "Liverpuly" a'zosi Nat Pillipsdir. Moyes uchun ayniqsa Fillips tanlovi ma'qul kelmoqda.
Mersisaydliklar foydalanilmayotgan futbolchisini 10 million funtga sotishga rozi bo'ladi. 24 yoshli himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Van Deykning yo'qligini sezdirmaslikka harakat qilgan edi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!