Sterling golini 13 yoshli marhum futbolchiga bag'ishladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1093

Angliya terma jamoasi Evro-2020 saralash bahslari doirasida Chexiyani yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu o'yinda xet-trikka erishgan Rahim Sterling ikkinchi golini 13 yoshli marhum futbolchiga bag'ishladi.
Sterling futbolkasini ko'tarib, "Kristal Pelas" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan, 13 yoshida oq qon xastaligidan vafot etgan Damari Dokinzning suratini ko'rsatdi.




"Men bu bolakayga yordam berishga uringandim. Biz donor topa olamiz deb o'ylagandik, ammo bunday bo'lmadi. Shuning uchun men uning oilasiga ozgina bo'lsa-da quvonch ulashishga harakat qildim", dedi Sterling o'yindan keyin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270