Beyl: "Karius o'sha zarbamni qaytara olmas edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1285
"Real" hujumchisi Garet Beyl 2018 yilda EChL finalida uning jamoasiga yutqazgan "Liverpul" futbolchilariga achinmasligini aytdi.
O'yin Kievda bo'lib o'tgan va madridliklar 3:1 hisobida g'alaba qozongan edilar. Beyl birinchi golini o'z ustidan oshirib gol urgan, ikkinchi golida esa "Liverpul" posboni Loris Karius xato qilgan va to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborgan edi.
"Agar g'alaba qozonganlarida "Liverpul" futbolchilari menga achinmagan bo'lar edilar. Bu omadsizlik bo'ldi. Karius uchun omadsiz kecha bo'ldi, ammo u birinchi golimdagi zarbamda seyv qila olmasdi", - deydi Beyl.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!