"Neftchi" darvozaboni bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
Shohruh Asqaralievga ham yuksak ishonch bildirilib, Superliga jamoasi tarkibida mahorat ko'rsatish yuzasidan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Ma'lumki, darvozabon har qanday uchrashuvda o'yin taqdirini hal qiluvchi figura hisoblanadi. Shohruh buni chuqur anglagan holda 2021 yilgi musobaqalarda o'zining yorqin va chiroyli o'yinlari bilan nafaqat murabbiylar, balki ko'pming sonli futbol ishqibozlarini ham e'tiboriga sazovor bo'ldi.
O'ylaymizki, Shohruhbek yangi futbol mavsumida bu yuksak ishonchni munosib oqlaydi.
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!