Taekvondochilarimiz Yangi yil bayramigacha yig'inda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Yangi mavsumda o'z oldiga ulkan maqsad qo'ygan taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshladi. Assotsiatsiya bazasida boshlangan yig'in 30 dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur mashg'ulotlarga O'zbekiston chempionatida murabbiylar ishonchini oqlagan 25 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Murabbiylar ushbu yig'in orqali sportchilarning jismoniy holatini kuchaytirishga ahamiyat qaratishgan. Mashg'ulotlar 7 nafar trener boshchiligida olib borilmoqda. Tarkibda Olimpiya o'yinlari chempioni Ulug'bek Rashitov, shuningdek, Shuhrat Salaev, Dinoraxon Mamadibragimova, Svetlana Osipova kabi taniqli sportchilarimizni uchratish mumkin.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!