Shpagachilarimiz jahon kubogida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7655
19-25 mart kunlari Xitoyning Chendu shahrida qilichbozlikning shpaga yo'nalishi bo'yicha ayollar o'rtasida jahon kubogi bo'lib o'tadi. Ayni ushbu qurolda erkaklar o'rtasidagi musobaqaga esa Argentinaning Buenos-Ayres shahri mezbonlik qiladi.
Shaxsiy va jamoaviy yo'nalishda o'tkaziladigan bahslarda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etadilar. Vakillarimiz ayni paytda Moskva viloyatida xalqaro o'quv-yig'in mashg'ulotida jahon kubogiga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Terma jamoamizning ushbu musobaqalarda qatnashadigan tarkibi quyidagicha:
Fayzulla Alimov
Javoxir Nurmatov
Roman Aleksandrov
Matvey Kremnev
Abdulvosid Nasirdinov
Malika Hakimova
Veronika Rojkova.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!