"PSJ" Karimni Mbappe o'rnini to'ldirishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
"PSJ" klubi yozda jamoani tark etish kutilayotgan Kilian Mbappe o'rniga nomzod izlashda davom etmoqda.
"AS" nashrining yozishicha, parijliklar Avstriyaning "Zaltsburg" klubi hujumchisi Karim Adeyemiga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, futbolchiga "Bavariya", "Borussiya Dortmund", "Leyptsig" va "Liverpul"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Karim Adeyemi "Zaltsburg" safida barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 14 gol urdm va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!