O'FA va «Borussiya Dortmund» vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
Uchrashuvda bir qancha masalalar, xususan, o'zbekistonlik murabbiylarning «Borussiya Dortmund»da malaka oshirishi, klub akademiyasi faoliyatini o'rganish, turli yoshdagi terma jamoalar o'rtasida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish borasida fikr almashildi.
Nemis klubining zamonaviy futbol texnologiyalari, sport tibbiyoti, murabbiylar ta'limi hamda ayollar futbolini qanday tashkil etish borasidagi tajribalarini o'rganish yuzasidan takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, germaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda koordinatsiya jarayonini yo'lga qo'ygan holda o'zbekistonlik iqtidorli, yosh futbolchilarni «Borussiya Dortmund» akademiyalariga tajriba almashish uchun yuborish masalasi muhokama etildi.
O'z navbatida, «Borussiya Dortmund» vakillari kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Manba: ufa.uz