So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Chempionlar ligasi. Kimda imkoniyat qancha? Foizlarda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14031
Chempionlar ligasi qizigandan qizimoqda. Buyog'iga kuchsizlar, autsayderlar bo'lmaydi. Uchrashuvlar biri-biridan tomoshabop bo'lib boraveradi. Qur'adan xammaninig xabari bor. Juftliklar haqida qisqacha sharhlar bilan kimda qancha imkoniyat borligini ko'rib chiqamiz.
«Real Madrid» 55% - 45%«Ayaks»
Bir qarashda bu uchrashuvning g'olibi aniqdek, go'yo . Aslida, unday emas. Sababi shundaki, «Eybar» , «SSKA» singari jamoalardan engilgan «Real» o'z guruhida kimsan «Bavariya» bilan ikkita o'yinda ham engilmagan(1:1 ,3:3”) «Ayaks» yaxshigina bosh og'riq bo'la oladi.
«Yuventus» 55% - 45% «Atletiko»
Bu juftlikda deyarli kuchlar teng. Biroq «Yuventus»ning ichki chempionatdagi ishonchli o'yinlariga nazar solsangiz, hozirda «Yuve» biroz kuchliroq ko'rinmoqda. Yana shuni aytish joizki, bu uchrashuvlar «play off » ning eng kurashlarga boy kechadigan uchrarashuvlari bo'lishi kutilmoqda
«PSJ» 60% - 40 % «Manchester Yunayted»
Bosh murabbiysiz qolgan «Qizil iblislar» o'ta qiyin ahvolda qolishdi. Tuxel boshchiligidagi «PSJ» hozirda Evropaning istalagan jamoasini er tishlatishga qodir. Ular bu to'qnashuvda ortiqcha qiyinchilikga uchramasa kerak. Chunki ham jismoniy, ham taktik jihatdan ustunlik hozir ochiqchasiga nemislar tomonida
«Roma» 50% - «Porto» 50%
Ochig'i, bu juftlik qolgan o'yinlarga nisbatan nom jihatidan ancha ortda qolmoqda. Lekin ko'hna qit'ada, yana «Play off» da zerikarli futbol kam- kamdan uchraydigan holat. Jamoalarning imkoniyatlari bir qarashda «Roma» da ko'proqdek, ammo, unutmaslik kerak «Porto» o'z guruhida 1- o'rinni egallagan.
«Borussiya Dortmund» 55% - 45% Tottenham”
Bu bahsda Evropaninig ko'plab nashrlari “Borusiyaninig imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. «Borussiya» himoyada tartibsizroq ekanligini hisobga olmasa, qolgan jabhalarda «Shporlar»dan ustun. Favr va Pochetinyo dueli ham ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda. Bu uchrashuv juftliklar orasida gollarga boy o'tishi bilan esda qolsa ajab emas.
«Manchester SIti» 85% -15% «Shalke» 04
Eng zerikarli juftlik bilan tanishing Bundesliganining 13-o'rnidagi jamoasi APL ning g'olibligiga asosiy da'vogar bilan to'qnash kelmoqda. O'zi aslida, shaharliklarga yuz foizlik natija berishmoqda. Biz shunchaki o'zbekchilik qilib «Shalke 04» jamosiga ozgina obro' olib berdik
«Barselona»65 %- 35% «Lion»
Kataloniyaliklar bu o'yinlarda bexato o'ynasalar, ortiqcha muammolarga uchramasalar kerak. Lekin shuni aytib o'tishimiz joizki, «Lion» ham bu uchrashuvda sovg'a emas. Ular buni «Manchester Siti» bilan o'yinlarda ko'rsatib qo'yishdi. Tan olish kerak hozirgi «Barsa» «Lion» dan ancha kuchli, lekin bu futbol. Top yumaloq, maydon esa tekis.
«Bavariya» 40% - «Liverpul» 60%
Bu juftlikda nomdor «Bavariya» ojizroq ko'rinmoqda. Ular ichki chempionatda ham birin- ketin «qovun» tushirishmoqda. Ularda vaziyatni o'nglash uchun yagona imkoniyat murabbiyni zudlik bilan almashtirish. Ko'pchilik «Bavariya» postida Vengerni ko'rishni istamoqda. Bu boshqa masala albatta lekin, agar Venger keladigan bo'lsa, «Bavariya»da imkoniyat oshadi. Sababi Venger APL bo'yicha professional.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev