Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2189
Taniqli italiyalik futbolchi Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Italiyalik mutaxassis bir vaqtning o'zida "Guanchjou Evergrand" klubi va milliy terma jamoada ishlaydigan bo'ldi.
Xitoy futbol assotsiatsiyasi murabbiyning tajribasi, taktik uslubi va Xitoy futboli bilan yaxshi tanishligini inobatga olib, terma jamoani Kannavaroga ishonib topshirishga qaror qildi.
45 yoshli mutaxassis 2017 yilning noyabr oyidan beri "Guanchjou Evergrand" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik boshqa murabbiy Marchello Lippi yanvar oyi so'ngida Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!