Milan «Yuventus»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2604
“Inter” himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini “A” Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calcio Mercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchini yozdayoq “Yuventus” o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. Uning transfer narxi taxminan 60 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsum Milan 35ta o'yinda ishtirok etib, 1ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!