«Har bir mahallada futbol maydoni» dasturi Navoiy viloyati kesimida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3153
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 avgustdagi 688-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hokimiyatlar, “Mahalla” kengashi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qarorda belgilab qo'yilganidek, mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish bo'yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi bo'yicha joylarda futbol maydonchalari qurilmoqda va qurilish ishlari rejalashtirilyapti. Shu kungacha e'tiboringizga Toshkent shahri, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatidagi mahallalar bo'yicha ma'lumotlar taqdim qildik. Navoiy viloyati kesimida oladigan bo'lsak, bu erdagi 10ta tuman/shaharda jami 303ta mahalla mavjud. 2018 yildan 2019 yilning shu kuniga qadar Navoiydagi bir qator mahallalarda futbol maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy”, “Quruvchi”, Karmana tumanidagi “Toshrabot”, Konimex tumanidagi “Do'stlik”, “Sho'rtepa” mahallalarida futbol stadionlari barpo etildi. Navoiydagi quyidagi mahallalarda futbol maydonchalari qurish uchun er maydonlari mavjud: Karmana tumani "Gurda" MFY "Arg'un" MFY "Yangiariq" MFY "Kattamachit" MFY "Xonchorbog'" MFY "Do'rman" MFY "Kalovot" MFY "Qahramon" MFY "Paxtaobod" MFY "Navro'z" MFY "Bog'ishamol" MFY "Allon" MFY "Ziyokor" MFY "Pahlavon" MFY "Ko'hna Qo'rg'on" MFY "Yuqori bug'" MFY "Xo'ja Xisrav" MFY Konimex tumani “Birlik” MFY “Yuksalish” MFY “Yangig'ozg'on” OFY “Baymurat” OFY “Uchtepa” OFY Xatirchi tumani "Tinchlik" MFY "Yangi qurilish" MFY "Miyonqol" MFY "Kattasoy" MFY "Quchchi" MFY "Saroy" MFY "Koriz Arab" MFY "Uch tepa" MFY "Novja" MFY "Ikrom Karvon" MFY "Polvonota" MFY "Olmazor" MFY "Mirza Ulug'bek" MFY "Uyshun" MFY "Chag'atoy" MFY "Oltinobod" MFY "Mirdosh" MFY "Uchqora" MFY "Oltinsoy" MFY "Angidon" MFY "Sangijuman" MFY "Baxshijar" MFY "Oq tepa" MFY Qiziltepa tumani Uzilishkent MFY Mayta MFY Bo'lakrabot MFY Xomrabot MFY G'oyibon MFY Ayronchi MFY Miltiqchi MFY Oqmachit MFY Zarmetan MFY Bo'ston MFY Uchquduq tumani “Yo'lchilar” OFY Tomdi tumani "Tomdibuloq" OFY "Tomdibuloq" OFY "Aktov" OFY Navbahor tumani Yangi xayot MFY Saroy MFY Xashman MFY Vomiton MFY Sarbozor MFY M.Ulug'bek MFY “Qizilrabot” MFY “Yaltirabot” MFY O'zbekiston MFY Ushbu mahallalarda futbol maydonchalarini qurish istagida bo'lgan tadbirkorlar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasigi murojaat qilishlari mumkin. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ularga hokimiyat tomonidan er maydonlari ajratilishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!