«Qo'qon-1912»ning eng qimmat futbolchisi kim?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1099
Dunyoga mashhur transfermarkt.de sayti futbolchilarning taxminiy transfer narxi haqida ma'lumot berib borishidan barcha xabardor bo'lsa kerak.
Ushbu saytda O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan jamoalarning transfer narxlari xususida ham ma'lumot berilgan.
Unga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonning eng qimmat klubi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bo'lib turibdi. “Sherlar”ning taxminiy transfer narxi 15,08 million evro deb baholangan. Ikkinchi o'rinda esa poytaxtning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv” joy olgan. “Temiryo'chilar”ning transfer narxi 9,90 million evroni tashkil etmoqda.
Uchinchi o'rin Namanganning “Navbahor” klubiga tegishli. “Lonchinlar”ning umumiy transfer narxi – 6,45 million evroga teng.
“Qo'qon-1912” jamoasining umumiy tranfser narxi – 4,20 million evro evro deb qayd etilgan.
Tarkibimizdagi eng transferi yuqori bo'lgan futbolchi Murod Xolmuhamedov bo'lib turibdi. Uning taxminiy transfer narxi 500 ming evroga baholagan.
Jamoaning yana bir etakchisi Aleksandr Merzlyakovning taxminiy transfer narxi 450 ming evroni tashkil etmoqda. Qo'qonliklar safida bir necha mavsumdan buyon to'p surib kelayotgan Suhrob Berdievning taxminiy transfer narxi 400 ming evroga teng.
Ko'pchilikni legionerlarimizning transfer narxlari qiziqtirayotgan bo'lsa kerak. Bu borada transfermarkt.de saytidagi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Legioner futbolchilarimizning taxminiy transfer narxlari bilan tanishing:
Boyan Knejevich (Serbiya) – 100 ming evro
Marko Milich (Serbiya) – 200 ming evro
Milosh Nikolich (Serbiya) – 100 ming evro
Yana bir legionerimiz Olive Bonnes (Niger) – 270 ming evro)ning transfer narxlari hozircha “Qo'qon-1912”ning umumiy transfer narxiga qo'shilmagan.
Eslatib o'tamiz, transfermarkt.de saytidagi ma'lumotlarda taxminiy transfer narxlari keltirilgan bo'lib, futbolchilarning haqiqiy transfer narxlaridan farqlanishi mumkin.