Prevyu. «Paxtakor» - «Lokomotiv»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 998
Superliga-2019ni “sherlar” Toshkent derbisi bilan boshlaydi.
Birinchi turda “Paxtakor” Toshkent derbisida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar oxirgi yilllarda chempionatimizdagi eng keskin o'yinlarga aylanib ulgurdi.
Mavsumni Chempionlar Ligasida 4 uchrashuv bilan boshlagan "Sherlar" endi Superligada ham muvaffaqiyatli yurish uchun bor kuchlarini berishga tayyor holatda turishibdi.
Chempionatlar doirasida klublar 30 bor to'qnash kelishgan. "Sherlar" 17 bellashuvda zafar quchishgan, 6 o'yinda "Lokomotiv" g'olib chiqqan. 7 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan. “Paxtakor” 62 gol urib, darvozasidan 30 to'p olib chiqqan. Bu safar chempionlik uchun da'vogarlardan biri asosiy raqibidan ilk turdayoq o'zib ketish imkoniyatiga ega bo'lishi umkin.
O'z maydonidagi o'yinlarda “Paxtakor” 9 g'alaba, 3 durang va 3 mag'lubiyatni qayd etgan.
2006 yil “Paxtakor” o'z maydonidagi uchrashuvda 7:1 hisobida zafar quchgan. Bu o'zaro o'yinlar tarixidagi eng yirik natija sanaladi.
Bellashuvni diskvalifikatsiya sababli "sherlar" hujumchisi Marat Bikmaev o'tkazib yuboradi.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi uchrashuv 16 mart, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.