«PSJ» yaqin kunlarda Rabo bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5265
«PSJ» klubi yarim himoyachi Adrian Raboni jamoadan chetlatish haqidagi qarorni 27 martgacha uzaytirdi.
Gap shundaki, parijliklar Evropa chempionlar ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga yutqazib qo'yib, musobaqani tark etganidan keyin Rabo Instagramda Patris Evra qo'ygan suratga layk bosgan. Suratda esa futbolchi "MYu"ning g'alabasidan xursand ekanini namoyish qilgan.
"PSJ" rahbariyati yaqin kunlarda yig'ilish o'tkazadi va Adrien bilan shartnomani bekor qiladi.
Rabo 2018 yilning nobyar oyidan beri asosiy tarkib safida mashg'ulot o'tkazmayapti. Futbolchi "PSJ" bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgani uchun klub uni shu tariqa jazolashga qaror qilgan edi.
Avvalroq Rabo «Barselona» bilan muzokara olib borib, tomonlar deyarli kelishuvga erishishgandi. Ammo keyinchalik vaziyatga futbolchining onasi aralashib, klubdan ko'proq pul talab qildi. Natijada "ko'k-anorranglilar" o'z takliflarini qaytarib olishdi.