So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020: Ertaga 8 nafar paralimpiyachimiz bahslarda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
Ayni kunlarda Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Ertaga 8 nafar o'zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.
Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 05:30 dan boshlab para engil atletikaning uzunlikka sakrash turida T11 klassida Asila Mirzayorova, soat 06:19 da para engil atletikaning disk uloqtirish turida F55 klassida Nurxon Qurbonova medallar uchun kurashda ishtirok etadi.
Soat 06:30 dan boshlab para dzyudo bellashuvlariga start beriladi. Shu kuni erkaklar o'rtasida ikki nafar hamyurtimiz: -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov va -66 kg vazn toifasida Uchqun Quronboev yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Soat 06:46 da para suzuvchimiz Shohsanamxon Toshpo'latova ayollar o'rtasida S13 klassida 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo'yicha saralashda ishtirok etadi.
Soat 07:10 da para akademik eshkak eshuvchilarimiz – Otabek Qo'chqorov hamda Feruza Bo'riboeva PR2 mix 2X klassida 2000 metr masofaga bo'ladigan bahsda qatnashadi.
Soat 07:44 da T37 klassida ayollar o'rtasida 200 metr masofaga yugurish bo'yicha saralashda Sabina Suxanova ishtirok etadi.
Manba: paralympic.uz