"Inter"ga yana hujumchi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
Milanning "Inter" klubi "Torino" hujumchisi Andrea Belottiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato nashri.
Manbaga ko'ra, Romelu Lukakuni "Chelsi"ga transfer qilgandan so'ng, "neradzurrilar" rahbariyati shartnomasi 2022 yilda tugaydigan 27 yoshli italiyalik hujumchini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Garchi, Edin Jekoni sotib olishiga qaramay, milanliklarga keyingi bir necha yil davomida yuqori saviyada harakat qila oladigan yangi hujumchi kerak.
Eslatib o'tamiz, yangi mavsumda Andrea "Atalanta" darvozasiga bitta gol urdi (1:2).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!