Manba: Vlahovich bir hafta ichida London klubi futbolchisiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
Taniqli insayder Kristian Falkning yozishicha, Dushan Vlahovich bir hafta ichida "Tottenxem" futbolchisiga aylanishi mumkin. To'g'ri, buning uchun klub Harri Keynni sotish kerak bo'ladi.
"Shporlar" asosiy yulduz ketsa, hujumni kuchaytirish variantlarini qidirmoqda. Vlahovich - ustuvor variantlardan biri.
21 yoshli hujumchining "Fiorentina" bilan shartnomasi 2023-yilgacha tuzilgan. Futbolchining
narxi 50 million evroga yaqin. O'tgan mavsumda serb Italiya chempionatida 21 gol urib,
to'rtinchi to'purarga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!