So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbol tarixidagi eng g'alati raqam egalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343
Futbol maydonida yugurib ketayotgan o'yinchini eng avvalo nimasi bilan ajratib olishni barcha yaxshi bilsa kerak. Hech bo'lmaganda, uning yuzini, ismini va maydonning qaysi qismida harakatlanayotganini ko'rmay turib ham raqamiga qarab, o'sha futbolchi qaysi ampula egasi ekanini taxmin qilish mumkin. Jamoaga yangi futbolchi kelib qo'shilayotgan paytida ham uning tanlayotgan raqami hammani e'tiborida bo'ladi. Biz futbolchilarni 1dan 11gacha bo'lgan an'anaviy raqam olsa, o'zimizda uni maydonda qaysi funktsiyaga moslangani haqida tasavvur paydo qilamiz. Hatto o'yinchilarning o'zi ham raqam tanlovi haqida gapirishni xush ko'rishadi. Ammo tarixda shunday futbol shaxslari borki, ularga qaysi raqamda o'ynashning ahamiyati bo'lmagan. Ularni raqamidan ham qanday futbolchi ekanini bilish mushkul sanaladi. Biroq aynan mana shu narsa, g'alati bo'lsada, esda qolarli tarix yaralishiga sabab bo'lgan. Quyida shunday futbolchilarning bir nechtasi haqida bilib olasiz.
10. Biksent Lizarazu – 69
2005 yilda ushbu o'yinchi «Bavariya»ga yana qaytadi. O'shanda o'zi uchun yangi, 69-raqamni tanlaydi. Bu bir qarashda kulgili bo'lishi mumkindir. Ammo buni o'ziga yarasha sabablari mavjud. Uning bunday noodatiy raqam tanloviga sabab Lizarazu 1969 yilda tug'ilgan bo'lib, bo'yi 1,69, og'irligi esa 69 kilogramm bo'lgan.
2. Uillyam Gallas –10
Gallas 2006 yilda «Arsenal» bilan shartnoma imzolagach, jamoaning eng muhim raqamlaridan biriga egalik qilishni so'ragan. Bu esa uning qobiliyati va maydondagi roliga unchalik ham mos emasdi. Qolaversa, bu raqamda sal oldin mashhur futbolchi Bergkamp o'ynab ketgan. Shunday bo'lsa ham u o'ziga mos uchinchi raqamni emas, balki o'ninchini tanlagan. Bu raqamni Arsen Venger unga berilishini istamagan edi.
8. Edgar Devids – 1
Ikki mavsum davomida avtohalokat tufayli maydonga tusha olmagan Devids, 2012 yilda jamoasida o'yinchi-murabbiy bo'lishga rozilik bildiradi. Shunda yarimhimoyachi birinchi raqamli futbolkada o'ynay boshlagan edi. Ha, bu darvozabon raqami. Shunday bo'lsa ham maydonda uning roli qanchalik muhimligini anglatib turar edi.
7. Krishtianu Lupatelli – 10
Devids yarimhimoyachi bo'la turib, birinchi raqamli libosda yurganda, 2000 yillarning boshida Italiyada o'ninchi raqamdagi darvozabon bor edi. U «Roma»dan «Kevo Verona»ga ijaraga o'tgan Lupatelli bo'lib, darvozabon bu borada do'stlari bilan garov o'ynagani tufayli o'ninchi raqamni olgan edi.
6. Ossi Ardiles – 1
Angliyadagi Devids qilgan ish kabi Ardiles ham g'alatilik sari qadam tashlagan edi. Raqamlar alifbo tartibida beriladigan tizimda Ardiles kiperlarning birinchi raqamini taqishga muyassar bo'lgan o'yinchiga aylandi. Bu hammada hayrat uyg'otgan edi.
5. Xicham Zeruali – 0
Marhum futbolchi Zeruali 1999-2002 yillar mobaynida «Aberdin» klubidagi faoliyati bilan tanilgan edi. U nafaqat ajoyib o'yini balki libos raqamini «ajoyib»ligi bilan hammaga tanish edi. Bunday raqam Britaniya futboli tarixida boshqa uchramagan. U bir mavsum davomida no'linchi raqamda harakat qilgan. Zeruali tez orada, 2004 yilda vafot etadi.
4. Aruna Kone – 2
Ochig'ini aytganda hujumchilarning bunday raqam tanlashi kam uchraydigan hol edi. Ularda to'qqizinchi raqamli ko'ylakni ko'rib o'rganib qolganmiz. Ammo Kone «Levante»dagi o'yinlarida ikkinchi raqamni oladi. 2012 yilda «Uigan» bilan bitimidan keyin ham shu raqamda o'ynaydi. Faoliyatining oxirida, 2017 yilda «Sivasspor»da hatto bu raqamga sodiq qolgan.
3. Nikolas Bendtner – 52
Nemis futbolchisi «Volfsburg»da uchinchi raqamni olishidan oldin, «Arsenal»da 26-raqamda, keyinroq 52-raqamda o'ynagan. Hujumchining o'zi bunday qilishida alohida ma'no borligini aytgan. Ammo bu narsa futbol olamini hayratga solgani ham bor gap.
2. Xorxe Kampos – 9
Ajoyib kareraga ega darvozabonlardan biri Kampos, keng maydon bo'ylab harakat qilardi. U ko'pincha darvozasini tashlab chiqar, jarima maydonchasi tashqarisida dribling qilishga harakat qilar edi. Binobarin, u bu ishni yaxshi bajargan. U butun faoliyati davomida to'qqizinchi raqamda harakat qilgan.
1. Ivan Zamorono — 1+8
Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Siz bunda Messi va Pelening mo''jizalarini esdan chiqarib turing. Hatto undan ham qiziq voqealar bo'lgan. 1996 yilda «Inter» bilan shartnoma imzolagan Zamorono 9-raqamni olishni istaydi. Ammo unga na to'qqiz va na o'ninchi raqam nasib etmadi. Chunki ularda Ronaldo va Roberto Bajolar o'ynar edi. Shundan so'ng, Ivan 18 raqamni oladi va ikkita son orasiga qo'shuv belgisini qo'yadi. Bu esa o'zi istagan to'qqizinchi raqamni anglatar edi. Naqadar topqirona harakat!
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi
Manba: 90min.com