So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xoland o'z orzusi uchun Angliyaga borishni istaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269
Butun futbol tarixi, xususan Angliya futboli Xoland degan familiyani hurmat bilan tilga oladi. Negaki bir paytlar shu nom ostida harakat qilgan inson "Manchester Siti" klubining shuhratiga hissa qo'shgan edi. Alf-Ing Xoland 2001 yilgacha klub tarkibida ajoyib harakatlari bilan yodda qolgan insonlardan biridir. U bir yarim mavsum davomida "shaharliklar" safida 59 ta o'yinda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi. Ammo 2001 yilgi "Manchester Yunayted" bilan bo'lgan o'yin Alfning faoliyatiga nuqta qo'ydi. Ro'y Kinning unga nisbatan ishlatgan o'ta qo'pol harakati futbolchi sog'lig'ini xavf ostiga qoldirdi. Bu voqea Alf-Ing Xolandning hayotida futbol bilan ajralish qismini boshlab bergandi. "Manchester Siti" Alf xizmatlari uchun 100 million funt sarflagan. Albatta, shunga yarasha norvegiyalik hujumchi ham yaxshi o'yinlar o'tkazgan edi.
Bugungi zamonaviy futbolda juda qisqa vaqt mobaynida barchaning tiliga tushib ulgurgan nomlardan biri Erling Xoland, aynan o'sha hujumchi, Alf-Ing Xolandning vorisi hisoblanadi. Uning o'yinini kuzatar ekansiz, beixtiyor ikkiminginchi yillar avvali yodga keladi. Chunki Erling harakatlarida otasi qoni sezilib turadi. Yosh hujumchi 2020 yilda Avstriyaning "Salzburg" jamoasidan 18 million funt evaziga Bundesliga klubi, "Borussiya Dortmund" safiga o'tgan edi. Shundan so'ng, hammasi boshlandi. Erling o'zining debyut o'yinidayoq "Augsburg" klubiga qarshi atigi 23 daqiqa ichida uchta gol urib, xet-trikka erishdi. Bu natija sariqlar tarixidagi eng yaxshi ikkinchisi edi. Undan oldin faqat Per-Emerik Obameyang "Dortmund" libosidagi ilk bahsida uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi, xolos. Ammo bu Xoland ko'rsatgan yagona eng yaxshi natija emas.
21 yoshli forvard 2019 yilda 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida bir o'yinda 9 ta gol muallifiga aylangan edi. Xoland uch marta xet-trik qayd etgan bahsda Norvegiya yoshlari Gondurasni 12-0 hisobida dog'da qoldirgan. Mana shunday natijalari bilan asta-sekin mukammalikka intilayotgan Erlingni dunyo tanilishi tez kechdi. Bugungi kunda Alf-Ing Xolandning farzandi Erling, Evropaning eng kuchli hujumchilari qatoridan joy olib ulgurdi. Endigina 21 yoshni qarshilayotgan hujumchi yashil maysa ustida raqib jamoa qo'rqinchiga aylangan. U jarima maydonining istalgan nuqtasida mohirona uslub va sovuqqonlik darajasiga ega ekanini isbotlagan. Hujumning omadli yakuni esa Xolandning mana shu jihatlarni yaxshi o'zlashtirgani sababli amalga oshadi. Hozirda "MYu"ga murabbiylik qilayotgan sobiq futbolchi Sulsher "Molde" klubida ishlagan paytlaridayoq Xolandni o'z e'tiborida saqlagan edi. Norvegiyalik mutaxassis u haqida shunday deydi: "Xoland o'yinda yuqori daraja ko'rsata olgan va o'sishga ulgurgan hujumchi. U menga Romelu Lukakuning harakatlarini yodga soladi". belgiyalik Lukaku ham aynan Xoland yoshida shov-shuv bilan "Chelsi"safiga borib qo'shilgan edi. Xoland tez orada yangi jamoa uchun o'ynashni boshlasa, ajab emas.
Bu borada hammani xar hil fikri mavjud. Ammo futbolchiga APL klublaridan o'ta qattiq qiziqish bo'layotganini hisobga olsak, u tez orada Angliyaga yo'l olishi ham mumkin. Hujumchi uchun bu yozda "Chelsi" ayniqsa favorit sifatida qayd etildi. Qolaversa, "MYu" ham uning iste'dodidan allaqachonlar xabardor bo'lgan. Shuning uchun Sulsher jamoaga ilk kelgan davridanoq "Molde" tarkibidagi Xoland uchun skautlar jo'natib, uning o'sishini tekshirib turganligi haqida gapiriladi. Shunday bo'lsa ham norvegiyalik yigitni fikri bu borada mutlaqo boshqacha. U bir paytlar otasi Alf-Ing Xoland porlagan "Elland Road" o'yingohida to'p surib, "Lids Yunayted" bilan APL chempioni bo'lishni orzu qiladi. Kim bilsin, balki bir kun kelib, shunday ham bo'lar...
Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.