So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Diyor Imomxo'jaev futbolni oyoqqa turg'azish uchun yordam beradigan narsani aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
Biz terma jamoaga bosh murabbiy topilgani yoki 1 ta o'rtoqlik o'yini bilan chalg'ib qolmasligimiz kerak. Chunki odatda shunday bo'ladi.
Har yakshanba har bir viloyatning har bir tumani shu viloyatning boshqa bir tumaniga qarshi futbol o'yini havosidan nafas olishi kerak. Bu futbolni oyoqqa turg'azish uchun yordam beradi.
Har bir professional futbol klubining minimum Bunyodkordagi kabi sharoitlarga ega futbol akademiyasi bo'lishi shart. Bu futbolga qanot bag'ishlaydi.
Yuqoridagi kabi oyoqlarimiz va qanotlarimiz bo'lmagunicha, yangi bosh topaverganimiz bilan baribir uzoqqa ucha olmaymiz. Futbol va klublar undan nimadir olib o'rgangan kishilar qo'lida o'yinchoq bo'lishi emas, unga nimadir bera oladigan darajadagi bilimli kishilar tomonidan boshqarilishiga yo'l berilishi muhim va biz shu bilan normal fikrlaydigan boshli ham bo'lamiz.
Biz sobiq Yugoslaviya mamlakatlari futbolchilari va murabbiylaridan ortmayapmiz-u, biz bilan deyarli bir vaqtda mustaqil bo'lgan o'sha mamlakatlar mana shu darajaga qanday etgani borasidagi savolni o'zimizga berib ko'rmayapmiz. Asosiy muammomiz shunda.
Manba: diyorimamkhodjaev