So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jasur Abduraimov va “Metallurg” O'zPFL reglamenti bandini buzdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
“Metallurg” klubi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Coca-cola Superliga 15-turidan o'rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. O'zPFL klub bosh
murabbiylari tomonidan bildirilgan fikrlarni hurmat qiladi va o'z navbatida bosh murabbiylarni ham “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da (keyingi o'rinlarda – Reglament) ko'rsatilgan fikrlarni hurmat qilishga chaqiradi. Mazkur Reglament uch alifbo va ikki tilda chop etilgan hamda klublarga tarqatilgan.
Shuningdek, Reglamentni O'zPFL rasmiy sayti orqali elektron shaklda ham yuklab olish
imkoniyati mavjud.
Reglamentning 20.6-bandida Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan
keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishlari shart ekani ko'rsatib o'tilgan. Bunda matbuot
anjumaniga yordamchi murabbiyni yuborish to'g'risida gap-so'z yo'q. Qolaversa, har bir
murabbiyda shogirdlari bilan muloqot qilish uchun etarlicha imkoniyat mavjud. Ammo rasmiy
uchrashuvdan keyingi tahminan yarim soatlik sport jurnalistlarining savollariga javob qaytarish uchun sarf etilishi lozim. O'zPFL shu shart bilan bosh murabbiylarga Musobaqada ishtirok etish uchun litsenziya taqdim etadi. Qolaversa, har bir futbol klubi Reglament talablariga qat'iy rioya qilish sharti bilan Musobaqaga qo'shiladi.
Jasur Abduraimov “Turon”ga qarshi mag'lubiyat bilan yakuniga etgan uchrashuvdan keyingi
matbuot anjumanini inkor qildi. Bu bilan u Reglament talablarini buzdi va uchrashuvga tashrif buyurgan sport jurnalistlariga nisbatan hurmatsizlik qildi. Oqibatda tegishli qo'mita Jasur Abduraimovga nisbatan jarima sanktsiyasi qo'lladi. Shunga qaramay, Abduraimov keyingi
uchrashuvdan keyin ham Reglamentning xuddi shu talabini bajarmadi. Oqibatda O'zPFL keyingi
uchrashuvda murabbiyni maydon bo'ylab texnik zonaga kiritmadi. Bunday holat yana
takrorlansa, O'zPFL murabbiy litsenziyasini bir necha uchrashuvgacha bekor qilishi mumkin.