Vladislav Tseytlin «Bunyodkor» FKda seminar o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4410
Kuni kecha “Bunyodkor” jamoasi a'zolari FIFAning yangi o'yin qoidalari bo'yicha o'tkazilgan seminarda ishtirok etishdi.
“Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi qarorgohida o'tkazilgan seminarni OFK instruktori, O'FA Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi a'zosi, Superliga hakamlar nazoratchisi Vladislav Tseytlin olib bordi.
Seminarda Vladislav Tseytlin jamoa a'zolarini futbol o'yiniga kiritilgan va kiritilishi arafasida turgan yangi qoidalar bilan FIFA tomonidan ishlab chiqilgan videoroliklar orqali batafsil tanishtirdi. Videoroliklardagi turli holatlar yuzasidan murabbiylar va futbolchilarning fikrlari tinglandi va ularga kerakli tushuntirishlar berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!