Fazliddin G'oibnazarovning keyingi jangi sanasi ma'lum, biroq raqib sir tutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2595
Rio Olimpiadasining chempioni, ayni vaqtda professional boksda o'z faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini e'lon qildi. Unga ko'ra, G'oibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga ko'tariladi.
“Bo'lajak jangning sanasi va qaerda o'tkazilishi aniq bo'ldi. Rostini aytsam, raqib ham ma'lum. Biroq uning kimligini hozir e'lon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizg'in tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida e'lon qilaman”, – deydi Fazliddin G'oibnazarov.
Eslatib o'tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda etti bor jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.