Samarqandda «Kelajagimiz umidlari» bolalar festivali o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1980
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida mini-futbol bo'yicha “Kelajagimiz umidlari” festivali o'tkazilayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Samarqand shahrida o'tkazilgan festival bolajonlarga katta quvonch taqdim etdi. Festivalda umumiy ta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etishdi. O'g'il bolalar bilan birgalikda qizlar ham "Kelajagimiz umidlari" festivalida faol ishtirok etganini alohida ta'kidlash zarur.
Festivallar tashkil etishdan maqsad bolajonlarni futbolga jalb qilish, mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va umumta'lim maktab o'quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni tanlab olib, futbol maktablariga tavsiya qilishdan iborat.
Festival ishtirokchilariga O'FA va Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg'alari taqdim qilindi.