So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ulug'bek Baqoev: «Navbahor»ning o'yini 180 darajaga o'zgaribdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
Coca Cola Superliga 14-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyin jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.
— “Navbahor”ning o'yini 180 darajaga o'zgaribdi, raqib ancha ishonchli o'yin ko'rsatdi. Keskin kurashlarga boy o'yin bo'lishini kutgandik, shu bois, yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. “Navbahor”ga esa keyingi o'yinlarda omad yor bo'lishini tilayman, — dedi Ulug'bek Baqoev.
— Ko'rdikki, “So'g'diyona” goldan keyin asosan himoyada o'ynadi. Bunga “Navbahor”ning bosimi sabab bo'ldimi yoki bu taktik chorami?
— Bu narsa asosan futbolchilar psixologiyasi bilan bog'liq deb o'ylayman. To'p o'tkazib yuborishdan yoki boshqa narsadan cho'chishlari mumkin. Bizning ko'rsatmalarimizda esa tezkor pressing uyushtirib, oldinga intilish belgilangandi. Shunchaki, “Navbahor” goldan keyin ancha ishonchli o'yin ko'rsata boshladi, bir-ikkita qulay vaziyatga ham ega bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadi. Bu futbol, unda har xil holatlar uchrab turadi.
— “Navbahor” bugun kuchli o'yin ko'rsatdi. Raqibdan shunday o'yin kutganmidingiz?
— Tarkibda va murabbiylar shtabida ro'y bergan o'zgarishlardan xabarimiz bor, yangi kelganlarning qanday salohiyatga ega ekanligini bilamiz. Natijada, yuqorida aytganimdek, jamoa ancha ishonchli o'yin ko'rsatishni boshladi. O'ylashimcha, keyingi o'yinlarda “Navbahor” ko'plab jamoalarning “qonini ichadi”.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.