Klopp: "Saloh gol urmayapti? Bu mutlaqo normal holat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4427
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumchisi Muhammad Salohning golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi.
Misrlik futbolchi oxirgi to'rt o'yinda gol ura olmay kelyapti.
"Agar siz hujumchi bo'lsangiz, sizda vaziyatlar bo'ladi. Murabbiylik faoliyatimda futbolchilarning doim ham gol uravermasligiga ko'nikkanman.
Salohning statistikasi fantastika. Uning gollari evaziga shunday darajada bo'lib turibmiz. Albatta, bunga birgina Muhammad sababchi emas.
Biz u bilan golsiz seriya haqida gaplashganimiz yo'q, bu normal holat. Hatto "Everton"ga qarshi qiyin o'yinda ham 4 yoki 5 ta vaziyatimiz bo'ldi", - deydi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!