Sharofiddin Lutfullaev Marokash Gran-prisida zafar quchdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2121
Xabar berganimizdek, bugun Marokashda dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa start oldi. Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi joriy turnirning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo'ldi. Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kunida erkaklar toifasidagi ikkala vaznda ham hamyurtlarimiz finalda ishtirok etishdi.
Dastlab -60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddan Lutfullaev oltin medal uchun kechgan bahsda ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlamagach «oltin ochko»ga murojaat qilindi. Qo'shimcha vaqtning 13-soniyasida Lutfullaev bajargan usul yakunda terma jamoamiz uchun musobaqadagi dastlabki oltin medalni hadya qildi.
Yana bir necha daqiqadan so'ng -66 kg vazn toifasida Shahram Ahadov bronza medali uchun, Sardor Nurullaev esa chempionlik uchun tatamiga chiqadi. Bo'lajak bahsda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!