«Atletiko» «Yuventus»ga qarshi o'yin oldidan muammoga duch keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6488
“Atletiko” himoyachisi Diego Godin mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi o'ng oyoq boldiridan jarohat olgan va muddatidan oldin mag'ulotlarni tark etdi.
Shu tariqa, Diego Godin chempionlar ligasining 1/8 final doirasida “Yuventus”ga qarshi javob o'yinida maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum urugvaylik futbolchi La Ligada 20 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta gol va bitta golga pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!